Kuyovining 68 ta jarimasini qaynotasi toʻladi

Saqlash
19:58 / 20.06.2024 492 0

Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush oʻrtogʻining nomida boʻlgan Lacetti avtomashinasini boshqarib, harakatlanish tezligini muntazam ravishda buzib kelgani maʼlum boʻldi. Yaʼni, u belgilangan tezlik meʼyorini oshirib harakatlangan.

 

Natijada M.A. 68 marotaba maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan.

 

Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan (huquqbuzarning ayoli) jami 28 million soʻm undirilishi belgilangan.

 

Boʻlim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini toʻlashi yuzasidan ogohlantirgan.

 

Bundan tashqari, qarzdorlik toʻlanmagani sababli Lacetti rusumli avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Yakunda kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 million soʻm miqdoridagi maʼmuriy jarimalarni toʻlab berishini bildirgan va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqqan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//