Endi mahalliy Kengashga hokim raislik qilolmaydi

Saqlash
19:40 / 20.06.2024 325 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur qonun loyihasida quyidagilar koʻzda tutiladi:

◻️ mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan Rais boshchilik qiladi;

 

◻️ Xalq deputatlari Kengashi raisi oʻz vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas;

 

◻️ kengashlar yigʻilishlarida hokim nomzodi koʻrib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etadi.

 

Qonun loyihasida “Kengash soʻrovi”, “Kengash tekshiruvi” kabi yangi institutlar ham kiritilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi mustahkamlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//