Oyoq kiyimni teskari kiyish bola uchun foydalimi?

Saqlash
17:58 / 20.06.2024 670 0

Odatda bolalar oyoq kiyimni bir biriga almashtirib kiyib yurishini koʻp kuzatamiz. Bunga sabab ular hali oʻng bilan chapning farqiga bormasligidir.

 

Ayrim yoshi kattalar bunday vaziyatda bolaga poyabzalni toʻgʻri kiyishni oʻrgatadi.

 

Shuningdek, bola oʻzi mustaqil kiyinib yurgan boʻlsa ham, oyoq kiyimni teskari kiyish uning odatiga aylanib qoladi.

 

Oyoq kiyimni teskari kiydirish foydalimi?

Bu ortopedlar tomonidan oyoq qiyshiqligini tuzatish uchun tavsiya etiladigan usul hisoblanadi. Ammo bu hamma bola uchun degani emas.

 

Agar bola yurganda oyogʻining old tomoni ichkariga qarab qoladigan boʻlsa, unda chippaklarni teskari kiydirgan maʼqul. Chunki oyoq kiyimning teskari toqasi oyoq uchun noqulay boʻladi. Yaʼni, oʻng oyoqqa kiyilgan chap toqa shippak oyoqni tashqari tomonga toʻgʻrilanishga majbur qiladi.

 

Bu muolaja bir necha marta davom ettirilishi natijasida bolaning ichkariga oyoq bosishi tuzalishi mumkin. Biroq, hozirda bu kasallikni tuzatish uchun maxsus oyoq kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//