Jamiyat
2024-yil 19-iyun 18:00 holatiga koʻra, oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha 365 439 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.
Statistikaga koʻra, Toshkent shahri eng koʻp hujjat topshirilayotgan hudud boʻlib turibdi. Undan keyingi oʻrinlarda Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari turibdi.
Quyida hududlar boʻyicha hujjat topshiruvchilarning soni keltirilgan:
👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi -- 16 902 nafar;
👉 Andijon viloyati -- 29 015 nafar;
👉 Buxoro viloyati -- 21 721 nafar;
👉 Fargʻona viloyati -- 33 613 nafar;
👉 Soʻx tumani -- 730 nafar;
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar;
👉 Namangan viloyati -- 17 758 nafar;
👉 Navoiy viloyati -- 22 612 nafar;
👉 Qashqadaryo viloyati -- 35 933 nafar;
👉 Samarqand viloyati -- 38 735 nafar;
👉 Sirdaryo viloyati -- 12 699 nafar;
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 14 716 nafar;
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 6 962 nafar;
👉 Toshkent shahri -- 65 947 nafar;
👉 Xorazm viloyati -- 26 611 nafar.
Abituriyentlarning 174 539 nafari erkaklar boʻlsa, 190 900 nafari ayollardir.
Shuningdek, jami topshiruvchilarning 202 742 nafari joriy yil bitiruvchilari, 162 697 nafar esa oldingi yilda bitirganlar hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q