Jamiyat
Ertaga, 21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Bu haqida kompaniya rasman maʼlum qildi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Telegram bot hamda UzAvtosavdo ilovasi orqali esa navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida maʼlumotlarni bilib olish mumkin.
Kompaniya, shuningdek, xarid uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi, aks holda shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyilishini taʼkidlaydi.
Bundan tashqari, UzAuto Motors shartnoma tuzishda 3-shaxslarni aralashtirmaslikni soʻragan.
“Fursatdan foydalanib, UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot boʻlishni qatʼiy soʻraydi. Savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni taʼminlaydigan imkon mavjud emas. UzAuto Motors shaxsiy maʼlumotlar uchinchi shaxslarga topshirilganda hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q