"Maʼnaviyat umumiy ishimiz, maʼrifat asosiy maqsadimiz" – Otabek Hasanov

Saqlash
23:37 / 19.06.2024 799 0

2024-yilning 19-iyun kuni Namanganda "Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish" mavzuida oʻquv-seminarlar oʻtkazildi. Seminar Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mahallalar uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi hamda «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

 

 

Oʻquv-seminarlari Uychi tumanidagi 56 ta mahallada, jumladan "Maʼrifat maskani"da ham oʻtkazildi. Maqsad mahalladagi "Maʼrifat" targʻibotchilarini aniq metodika, qoʻllanmalar asosida tayyorlashga qaratildi.

 

 

Taʼlim tadbiriga hokim Shavkat Abdurazzakov hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov tomonidan start berilib, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyatining yangi vakillariga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

"Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish masalasiga alohida urgʻu bergan edi. Shundan kelib chiqib, "mahalla yettiligi"ga qoʻshimcha ravishda har bir mahallada jamoatchilik asosida "Maʼrifat" targʻibotchilari faoliyatini joriy etish va bu borada Namangan tajribasini yaratish ishlari boshlab yuborildi" – deb yozadi Otabek Hasanov.

 

 

Seminarda davlat va jamoat tashkilotlaridan vakillar, olimlar, ziyolilar, turli hududlarda faoliyat yurituvchi soha mutasaddilari, viloyat faollari, Uychi tumanidan targʻibotchilikka tavsiya etilgan nomzodlar va keng jamoatchilikning boshqa faollari ishtirok etdi. Qatnashchilar mahalla, maʼnaviyat va maʼrifat birgalikda qanday ishlashi, Hojilar bilan birgalikda targʻibot tadbirlarini olib borish mexanizmlari haqida oʻzaro fikr almashdi.

 

 

"Maʼnaviyat umumiy ishimiz, maʼrifat asosiy maqsadimiz. Har ikkisini yangi bosqichga koʻtarib, millat birligi yoʻlida birlashishgina samarali yechimdir. Bugun bu maqsadda oʻtkazilgan anjuman aynan mahalla, maʼnaviyat va maʼrifatning birgalikdagi harakatiga aylandi. Quvonarlisi endi bu birlikka Haj ziyoratini ado etgan hojilarimizning ham qoʻshilayotganidir", – deydi Hasanov bugungi tadbirni izohlarkan. – Maʼnaviyat avvalo, oiladan, maʼrifat esa mahalladan boshlanadi. Agar biz tarbiya, qadriyatlar qadrini oshirish, anʼanalarni davomiy saqlashni maqsad qilsak, albatta, mahalla targʻibot joyimizga, xonadonlar – asosiy ishimiz, har bir farzand kelajagi – maqsadimizga aylanishi shart.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//