Jamiyat
Diagnostik test xizmati onlayn shaklda ishga tushirildi.
Maʼlumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari oʻtkazilib kelinadi. Mazkur xizmat shu paytgacha qogʻoz shaklda boʻlib, bilimini sinamoqchi boʻlgan abituriyentlar belgilangan hududga borib, test topshirishi kerak edi.
Endilikda ular ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanishi mumkin.
Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar oʻz bilimini sinovdan oʻtkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shuningdek, bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlarida tushadigan majburiy fanlar boʻyicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot Telegram boti ham ishga tushirilgan.
Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash imkoni mavjud.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90461
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q