Jizzaxda AQShga deb, fuqaroni Afrikaga joʻnatib yuborgan shaxs qoʻlga olindi

Saqlash
17:04 / 19.06.2024 367 0

Jizzax shahrining “Xayrobod” mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, oʻgʻli M.T.ni Sharof Rashidov tumanining “Xayrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Y. Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSh dollari olgani, lekin farzandini Janubiy Afrikaga joʻnatganligini maʼlum qilgan.

 

Arizachining aytishicha, oʻgʻli M.T. Afrikada chorasiz qolib ketgan. Firibgar A.Y. esa undan vaziyatni oʻnglash uchun yana 6 ming 700 AQSh dollari talab qila boshlagan.

 

Xabarga koʻra, mazkur murojaat asosida tezkor tadbir oʻtkazilib, A.Y. 6 ming 700 AQSh dollar miqdoridagi pulni olayotgan vaqtda ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//