Jamiyat
Tayyorgarlik koʻrilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni topishda yordam koʻrsatgan shaxslar mukofotlanadi.
Bunda pul mukofotlari korrupsiya jinoyatining ahamiyatiga qarab farqlanadi.
Jumladan:
▪️ korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida(1 mln 20 ming soʻm);
▪️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha (10 mln 200 ming soʻm) boʻlsa:
➖ ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida(1 mln 700 ming soʻm);
➖ uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida(2 mln 380 ming soʻm);
➖ ogʻir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida(3 mln 400 ming soʻm);
➖ oʻta ogʻir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida(5 mln 100 ming soʻm).
▪️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha (10 mln 300 ming soʻmdan 34 mln soʻmgacha) boʻlsa:
➖ ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida(3 mln 400 ming soʻm);
➖ uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida(5 mln 100 ming soʻm);
➖ ogʻir jinoyat uchun — BHMning 20 baravari miqdorida(6 mln 800 ming soʻm);
➖ oʻta ogʻir jinoyat uchun — BHMning 25 baravari miqdorida(8 mln 500 ming soʻm).
▪️ pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 100 baravaridan (34 mln soʻm) koʻp boʻlsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
➖ ancha miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulk qiymatining 15 foizi miqdorida(5 mln 100 ming soʻm);
➖ koʻp yoki juda koʻp miqdor uchun — pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulk qiymatining 10 foizi miqdorida(3 mln 400 ming soʻm).
▪️ qidiruvda boʻlgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun BHMning 5 baravari(1 mln 700 ming soʻm), ikki yoki undan ortiq qidiruvda boʻlgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa — BHMning 7 baravari(2 mln 380 ming soʻm) miqdorida.
Jinoyat haqida xabar bergan shaxs Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida 1 ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritilgandan soʻng 10 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Esdalik sovgʻasi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovgʻa qilinadigan buyum xarid qilingandan soʻng 5 ish kuni ichida topshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q