Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi Qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi.
Mazkur kurslar Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida tashkil etiladi.
Bunda menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.
Vakant lavozimlarga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.
Shu yilning 1-sentyabridan boshlab esa menejerlik sertifikatiga ega maktab rahbar xodimlariga ustama toʻlanadi.
Jumladan:
◻️ maktab direktorlariga – 50 foiz;
◻️ maktab direktori oʻrinbosarlariga – 30 foiz.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu qaror bilan Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ham tasdiqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q