Jamiyat
Joriy yilning 30-maydan 7-iyunga qadar 36 853 nafar talabgor xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali onlayn qabul qilingan.
Shundan 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan. Bu haqida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi maʼlum qildi.
Eng koʻp ariza Qashqadaryo (4 368 ta), Fargʻona (3 982 ta), Samarqand (3 876 ta), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (3 876 ta) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Tuman yoki shahar kesimida esa Nukus shahri (859 ta), Oltiariq (581 ta), Qoʻshkoʻpir (481 ta), Gʻuzor (429 ta) va Qarshi (413 ta) tumanlaridan kelib tushgan arizalarning soni koʻproq.
Maʼlum boʻlishicha, 8-10-iyun kunlari tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan arizalar Nizom talablari asosida koʻrib chiqilib, xulosalar berilgan.
Shuningdek, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida buyruqlar rasmiylashtirilgan.
Eng koʻp tavsiya noma olgan xotin-qizlarning viloyat va hudud boʻyicha taqsimoti:
▪️ Fargʻona viloyati – 2 120ta;
▪️ Samarqand viloyati – 2 014 ta;
▪️ Qashqadaryo viloyati – 1 848ta;
▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 623 ta;
▪️ Andijon viloyati – 1 592 ta.
Tuman va shahar boʻyicha:
◻️ Qoʻshrabot tumani – 270 ta;
◻️ Quva tumani – 262 ta;
◻️ Rishton tumani – 259 ta;
◻️ Urgut tumani – 255 ta;
◻️ Pop tumani – 239 ta;
◻️ Amudaryo tumani – 236 ta;
◻️ Qamashi tumani – 213 ta;
◻️ Gʻuzor tumani – 213 ta;
◻️ Jalaquduq tumani – 212 ta;
◻️ Sherobod tumani – 212 ta.
Maʼlumot oʻrnida, berilgan tavsiyanomalarni xotin-qizlar.uz elektron platformasidan topish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q