Iqtisod
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tadqiqotchilari 2024-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda sotilayotgan 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.
Maʼlum boʻlishicha, 16 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasaygan.
Narxlarning eng yuqori pasayishi karam (-59,4 foiz), pomidor (-51,7 foiz) va bodring (-51,7 foiz) mahsulotlarida qayd etilgan.
2 nomdagi mahsulotning eng past narxi oʻzgarishsiz qolgan. Bular – tovuq goʻshti (file) va sut.
3 nomdagi mahsulot narxi esa oshgan. Narxining oshishi boʻyicha kartoshka yetakchilik qilmoqda.
Xabarga koʻra, kartoshka narxining qisqa muddatli oʻsishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning oʻzgarishi bilan bogʻliq.
Maʼlumot oʻrnida, tahlil uchun 2-may va 13-iyun kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asos qilingan.
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109860
Jamiyat
94207
Jamiyat
90036
Jamiyat
73234
Jamiyat
//
Izoh yo‘q