Iqtisod
Kelajakda Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi kamayadi. Bu maʼlumotni Tashqi mehnat agentligi boʻlim boshligʻi Alisher Roʻziyev tasdiqlagan.
Roʻziyev hozirda Oʻzbekistonda qurilish industriyasi jadal rivojlanayotgani, ayrim obyektlardagi ish haqi Rossiya Federatsiyasidagi ish haqi bilan raqobatlasha olishini taʼkidlagan.
Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistondagi baʼzi yirik qurilish obyektlarida bugungi kunda quruvchilar oyiga 500-600 dollar atrofida maosh olmoqda.
“Shunday ekan, endi bunday ish haqi uchun Rossiya Federatsiyasiga borish foydali emas”, deya qoʻshimcha qilgan u.
Maʼlumot oʻrnida, hozirda Rossiyada 1 million atrofida oʻzbekistonlik ishchi mehnat qilmoqda. Mazkur raqamlar 2018-yil bilan solishtirilganda, Rossiyaga ishlash uchun boruvchilarning soni 4 barobarga kamayganligini koʻrish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q