Jamiyat
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Qurbon Hayiti munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
▪️ 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi: Samarqand (11:11 da joʻnaydi) – Toshkent (13:26 da yetib keladi);
▪️ 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi: Toshkent (13:51 da joʻnaydi) — Samarqand (16:05 da yetib keladi).
Maʼlumot oʻrnida, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Oldinroq baʼzi yoʻlovchi poyezdlarning chipta narxlari koʻtarilishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q