Jamiyat
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “Oʻzbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilishini maʼlum qildi.
Misol tariqasida, 12, 4-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi hozirgi narxlari:
▪️ ekonom — 150 600 soʻm;
▪️ biznes — 218 244 soʻm.
1-iyuldan keyin:
▪️ ekonom — 178 250 soʻm;
▪️ biznes — 262 805 soʻm.
Chipta narxlarining oshishiga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ quyidagicha izoh bergan:
“Yoʻlovchi poyezdlarda qoʻshimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yoʻlovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda”.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112198
Jamiyat
94877
Jamiyat
90959
Jamiyat
75742
Jamiyat
//
Izoh yo‘q