Bolani beshikka belash meʼyorlari haqida bilasizmi?

Saqlash
20:41 / 07.06.2024 670 0

Bolani beshikka belashning, albatta, oʻz meʼyor va qoidalari bor. Bunga amal qilish shart va zarurdir. Aks holda, ortib ketgan meʼyor va qoidalarga amal qilmaslik bolaning sogʻligiga zarar yetkazishi mumkin.

 

Quyida mazkur meʼyor va qoidalarning ayrimlari keltirilgan:

◻️ Bolaning kun boʻyi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorugʻlik tushishi kamayadi. Oqibatda, D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin;

◻️ Bolaning qoʻl-oyoqlarini siqib bogʻlash oʻz navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi;

◻️ Bolaning uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin;

◻️ Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq boʻyinlikka sabab boʻlishi mumkin;

◻️ Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy aʼzolardagi infeksion kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin;

◻️ Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab boʻlishi mumkin.

 

Bundan tashqari, displaziya aniqlangan va displaziya bilan davolanayotgan bolalarni beshikka belash mutlaqo tavsiya etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//