Jamiyat
Germaniya ish beruvchilari “Mehnat yarmarkasi” oʻtkazmoqchi.
Mamlakatimizda ilk bora oʻtkazilishi bunday ish bozori Bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari hamkorligida tashkil etiladi.
“Mehnat yarmarkasi” ikki kun davomida boʻlib oʻtadi:
◻️ 2024-yil 19-iyun, soat 9:00 dan 17:00 gacha;
◻️ 2024-yil 20-iyun, soat 9:00 dan 12:00 gacha.
Manzil Toshkent shahridagi „Ishga marhamat“ monomarkazi boʻlib, uni mazkur havola orqali topib borish mumkin.
Ishlash istagida boʻlganlarga qoʻyiladigan talablar:
▪️ 18 yoshdan 40 yoshgacha;
▪️ nemis tilidan kamida B1 sertifikat;
▪️ kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi);
▪️ 1 yillik kasbiy tajriba.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu “Mehnat yarmarkasi” quyidagi kasb va yoʻnalishlarda boʻsh ish oʻrinlarini taklif etadi:
➖ elektrik;
➖ payvandchi;
➖ duradgor;
➖ avtochilangar;
➖ mehmonxona;
➖ restoran;
➖ IT;
➖ qishloq xoʻjaligi;
➖ hamshiralik;
➖ parvarishlash.
Taʼkidlanishicha, “Mehnat yarmarkasi” doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlovlar oʻtkaziladi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q