Siyosat
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari huzurida koʻp qirrali sheriklikning koʻplab sohalarini qamrab olgan bir qator hujjatlar imzolandi.
Jumladan:
◻️ Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
◻️ Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisida bitim;
◻️ Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
◻️ Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishida texnik koʻmak koʻrsatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Qishloq xoʻjaligi taʼlimi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Axborot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Kadastr masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Oila instituti va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
◻️ Huquqiy sohada malaka oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.
Bundan tashqari, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q