Oʻzbekistonda qariya qiyofasiga kirgan firibgar bankni tunamoqchi boʻldi

Saqlash
14:34 / 07.06.2024 449 0

U sochlarini boʻyagan, mohirlik bilan grim qilgan, qoʻlidagi hassa yordamida oqsoqlanib, katta miqdordagi pulni oʻmarish uchun bankka kirgan.

 

Birinchi bank kassasida u soʻragan pul chiqmagani uchun bankirlar uning nayrangidan qutulib qolgan.

 

Koʻzoynak taqqan, keksa chol qiyofasiga kirgan firibgarning qoʻlidagi pasport u kirgan ikkinchi bankning gʻaznachisida shubha uygʻotadi.

 

Xodima hujjatni organ xodimlariga koʻrsatmoqchi boʻlganida, “keksa mijoz” hassasini koʻtarib, bankdan chiqib ketadi.

 

Sababi, uning qoʻlidagi hujjat omonat pulning egasi nomiga ochilgan soxta pasport boʻlgan.

 

“Pasportim “paddelka” boʻlgan. Olayotgan joyimda qoʻlimda hamma qogʻoz “dokument”lar boʻlgan. Bankning hisobidan olib chiqib ketishim kerak boʻlgan pulni. Shu olayotgan joyimda kassadan qaytib chiqib ketganman. (Pul) 200 ming dollardan oshiq edi. 280 nechchi ham, 286 mingmidi, shunday. Buni manga Afrikadan, chet eldan aytishdi, maslahat berishdi. Ishlagan haqingni olasan, qani boʻl deyishdi”, deydi u.

 

Maʼlum boʻlishicha, firibgarlik bilan qamalgan bu erkak oldin ham 2 marta sudlangan.

 

Jumladan, bankdagi bu “oʻyin”i uchun organ xodimlari uni qidirib topgunicha u axloq tuzatish ishlari jazosini buzgani uchun qayta qamalgan edi.

 

Tergov organi dalillarni oʻrganib, jinoyatchini qamoqdan topgan.

 

“Bir xato qilib qoʻydim, oʻsha xato tufayli. Bilinarkan insonga. Pushaymon yerkan odam qilmishidan, endi orqaga qaytarib boʻlmas ekan qilib boʻlgan ishini”, deya afsus qiladi firibgar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//