Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida Oʻzbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va birgalikda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbul shahrida Oʻzbekiston savdo vakolatxonasini ochish zarurligi qayd etildi.
Qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiyot klasterlarini tashkil etish sohalarida Turkiyaning ilgʻor tajribasi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishga talab borligiga eʼtibor qaratildi.
Hamkorlikning yana bir muhim yoʻnalishi ikki mamlakatning transport-logistika salohiyatini oshirish, shu jumladan, Oʻrta koridor imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir.
Oliy, professional va texnik taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, teatr festivallari, madaniyat haftaliklarini oʻtkazish, birgalikda tarixiy filmlar suratga olish va madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yoʻnalishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani qabul qilinayotgani va ikki davlat rahbarlari boshchiligida Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini olqishladilar.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanni kengashning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q