Siyosat
Anqara shahridagi Prezident saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutlagan.
Shunda soʻng, muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga eʼtibor qaratilgan.
Xabarga koʻra, tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olgan.
Jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va sport sohalarida hamkorlik masalalariga alohida urgʻu berilgan.
Shuningdek, ikki davlat fuqarolarining bordi-keldisi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish zarurligiga taʼkidlangan.
Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari, shu bilan birga, mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, xususan, Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishini ham koʻrib chiqqan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
109731
Jamiyat
94110
Jamiyat
89900
Jamiyat
73101
Jamiyat
//
Izoh yo‘q