Bu yil oʻqishga topshirayotgan abituriyentlar nimalarga eʼtibor berishi shart?

Saqlash
17:21 / 06.06.2024 370 0

2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga topshirishda my.uzbmb.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi.

 

Mazkur jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak boʻladi:

◻️ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyunda ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlaydi, xolos;

 

◻️ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, abituriyent ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Yaʼni, aynan oʻzi kirmoqchi boʻlgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi boʻlsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda turib ham topshirsa boʻladi;

 

◻️ test topshirish hududi qismida Soʻx va Denov tumani ham bor. Yaʼni, Soʻx tumanidagilar Fargʻona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

 

◻️ maktabni bitirganiga kamida bir yildan oshgan abituriyentlar testga kirish uchun 170 ming soʻm miqdorida toʻlov qilishi shart. Toʻlovni 25-iyungacha boʻlib toʻlash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

 

◻️ tanlovini oʻzgartirmoqchi boʻlgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirishi mumkin. Biroq 25-iyundan keyin arizani oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

 

Maʼlumot oʻrnida, imtihonlar iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi.

 

Oliygohlarda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//