Siyosat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi, deb yozadi Anadolu agentligi.
Uchrashuvda Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Gʻazo sektori atrofida roʻy berayotgan voqealarni tartibga solish uchun katta sarmoya kiritayotganini tilga oldi. Isroilning hujumini esa urush emas, tinch aholining butunlay “qirib yuborilishi”ga qiyosladi.
“Hozir Gʻazoda yuz berayotgan ishlar urushga oʻxshamaydi, tinch aholini butunlay yoʻq qilishga oʻxshaydi”, – deydi u. Prezident soʻzlariga koʻra, Rossiya Sovet Ittifoqi davridan buyon Falastin davlatini tan olgan va bu boradagi fikri oʻzgarmagan.
Tadbir doirasida shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumi haqida ham soʻz boradi. Bunda prezident yadroviy doktrinaga muvofiq chora koʻrishi ham mumkinligini aytadi:
“Agar Rossiya suvereniteti va yaxlitligiga nisbatan xavf solinsa, biz yadroviy doktrinaga muvofiq barcha vositalarni qoʻllashimiz mumkin”, – deydi. Putin shuningdek, 2022-yilda Gʻarb Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi tuzilishiga toʻsqinlik qilganini taʼkidlab, barchani “boʻlishi mumkin boʻlgan tinchlik jarayoniga xalal bermaslik”ka chaqirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q