Toshkent shahrida bloger 7,5 yilga qamaldi

Saqlash
14:50 / 06.06.2024 478 0

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2024-yil 4-iyundagi hukmiga muvofiq Murod Maxsudov (1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan) 7,5 yilga qamaldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Maxsudov birinchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 2-qismi boʻyicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etilgan va JKning 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Tayinlangan jazoni sudlanuvchi umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilangan.

 

“Hukmdan norozi taraflar hukm eʼlon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab oʻn sutka ichida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng kassatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi”, deyiladi rasmiy axborotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//