Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisidan muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida soʻragan.
Muloqot davomida bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli tashkil etilgani taʼkidlangan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, sogʻ-omon kelishlarini tilagan. Oʻzbekistonga qaytgach, hojilar jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat boʻlishlariga umid bildirgan.
Maʼlumot oʻrnida, hozirda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida boʻlib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar boʻladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, oshpazlar, tarjimonlar va boshqa koʻmakchilar hamrohlik qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q