Biz AQShning tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz – TIV

Saqlash
22:57 / 05.06.2024 388 0

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov O‘zbekiston Respublikasi Gʻazo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasini olqishlashini ma’lum qildi.

 

Vazirlik rasmiysi mazkur munosabatni savolga javob tarzda bildirgan.

 

Savol mazmuni quyidagicha:

“AQSh Prezidenti Jo Bayden eʼlon qilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga Oʻzbekiston TIV qanday munosabat bildiradi?”

 

“Biz Gʻazo sektorida tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari boʻlgan toʻqnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni chuqur xavotirga solmoqda.

 

Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori.

 

Shu munosabat bilan inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz.

 

Biz barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zoʻravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz”, deyiladi matbuot kotibining javobida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//