Jamiyat
Inobat Ahatova Bekmirza qizi Oyina.uz portali bosh muharriri lavozimiga tayinlandi.
U bungacha Oyina.uz portali bosh muharriri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Inobat Ahatova 1995-yili 8-may kuni Samarqand viloyati Narpay tumani Xoʻja qishlogʻida tugʻilgan. 2017-yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti bakalavriatini, 2020-yili Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistraturasini tugatgan.
U ish faoliyatini 2017-yili “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida boshlab, shundan soʻng Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA), “Xalq soʻzi” gazetasining xs.uz saytida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
“Oʻzbekiston bahori” II respublika anʼanaviy ijod festivalining internet jurnalistika yoʻnalishi gʻolibi (2019), Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Tahsin” mukofoti sohibi (2021), Anʼanaviy “Zomin” seminarining badiiy publitsistika yoʻnalishi boʻyicha respublika bosqichi ishtirokchisi (2022), “Eng ulugʻ eng aziz” tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (2022), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan “Atirgul” tanlovi gʻolibi (2023).
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q