Qorin bilan uxlash bel churrasiga olib kelishi mumkin

Saqlash
20:02 / 05.06.2024 379 0

Shifokorlar qorin bilan yotib uxlash inson sogʻligiga qanchalik salbiy taʼsir etishini tushuntirib berdi.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu tarzda uxlaydigan odamlarda turli xil kasalliklar paydo boʻladi. Shuningdek, tanasining turli sohalarida kuchli ogʻriqlar yuzaga keladi. Bunday ogʻriqlarning eng kuchlisi orqa bel sohasida kuzatiladi.

 

“Agar sizda allaqachon boʻyin va bel bilan bogʻliq ogʻriqlar boʻlsa, qorin bilan yotib uxlash vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Bundan tashqari, mazkur holatda uxlash nafas olishni ham qiyinlashtiradi. Chunki bunda diafragma siqilib qoladi. Eng yomoni, qorinda yotish yurakka salbiy taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, bunday uxlash koʻkrak qafasiga bosim oʻtkazadi va natijada qon aylanishiga toʻsiq paydo boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga zamin hozirlaydi”, deydi shifokorlardan biri Toni Nalda.

 

Tadqiqotlarga koʻra, uxlashning bu turi insonning yuziga tezda ajin ham tushirishi mumkin ekan. Sababi, odam bunday yotsa, uning yuzi yostiqning ustida boʻladi.

 

Eng qulay uxlash bu yonbosh yotishdir. Ana shunda hech qanday salbiy holat yuzaga kelmaydi. Bu nafaqat qon aylanishini yaxshilaydi, balki nafas olishni ham yengillashtiradi.

 

Tepaga qarab yotish ham hozirda tavsiya etilmayapti. Chunki bu holatda til orqaga tortilib ketishi mumkin ekan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//