Jamiyat
“Gentra” rusumli transport vositasining oyinasidan tana qismini chiqarib, nooʻrin xatti-harakatlar qilgan qizning videotasvirlari tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea kecha, soat taxminan videotasvirga olinib 23:50larda Andijon shahar Milliy tiklanish koʻchasida boʻlib oʻtgan.
Oʻsha kuni 2004 yilda tugʻilgan haydovchi K.A. oʻzining “Gentra” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotganida yoʻlovchi sifatida old oʻrindiqda ketayotgan 2007 yilda tugʻilgan T.M. transport vositasining salon qismidan tana qismini chiqarib, ayol kishiga xos boʻlmagan nooʻrin xatti-harakatlar qilgan. Bundan tashqari, 20 yoshli haydovchi transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmagan.
Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzar shaxslar aniqlanib, ularga qonun doirasida tegishli tartibda chora koʻrilgan va profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Bu haqida Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati maʼlum qildi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q