Jamiyat
Hamkasbini ishga kiritib qoʻyish evaziga pora olgan oʻqituvchiga 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning yanvar oyida Sergeli tumanidagi maktablardan birida faoliyat olib borayotgan ayol oʻzining hamkasbini u ishlayotgan maktabga yuqori lavozimga ishga oʻtkazib qoʻyish uchun oʻzga bir fuqaroning ishonchiga kirib, undan 200 dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
Qanday qoʻl urib qoʻydim, oʻzim ham sezmadim. Shuncha yillik pedagogik faoliyatimda birinchi marta yuz berayotgani uchun oʻzim tushunmagan holda aralashib qolganimni eʼtiborga olishlaringizni soʻrayman. Hech qachon bunday boʻlmagan, bu birinchi va oxirgisi”, — deydi ayol.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi Sergeli tuman sudida koʻrib chiqildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi JKning 59 va 59 va 61-moddalari tartibida sudlanuvchiga tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli orqali uzil-kesil 1 yil muddatga davlat taʼlim muassasalarining rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlansin”, deyiladi sud hukmida.
“Ming afsusdaman. Sizlardan uzr soʻrayman”, deydi oʻqituvchi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q