Jamiyat
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy oʻquv kurslari mavjud emas.
Maʼlum boʻlishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi eʼlonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining eʼlonlari juda koʻp uchramoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar faoliyati koʻpaygan.
“Bu kabi Telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq”, deyiladi agentlik xabarida.
Taʼkidlanishicha, Prezident maktablariga qabul boʻyicha barcha tasdiqlangan maʼlumotlar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.
Qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa maʼlumotlarni ham aynan ushbu sahifalar orqali kuzatib borish mumkin.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q