Badiiy tarjimonlik uchun xalqaro mukofot joriy etiladi

Saqlash
14:31 / 05.06.2024 596 0

Badiiy tarjimonlik uchun xalqaro mukofot joriy etiladi. Bunda oʻzbek tilidagi asarlarni xorijiy tilga, xorijiy tildagilarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan ijodkorlar mazkur mukofot boʻyicha tanlovda qatnashishi mumkin.

 

“Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni (keyingi oʻrinlarda – Xalqaro mukofot) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”, deyiladi Prezidentining qarorida.

 

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

◻️ oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

◻️ oʻzbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

◻️ oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

◻️ xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

◻️ xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

◻️ xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

 

Xalqaro mukofot gʻoliblarining har biri maxsus diplom, koʻkrak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida (102 mln soʻm) bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro mukofot kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//