Bu yil oʻqishni koʻchirishda baholash mezonlari qanday?

Saqlash
22:16 / 04.06.2024 717 0

Bu yil oʻqishni koʻchirish imtihonlarida baholash mezonlari 2 koʻrinishdagi fanlar boʻyicha oʻtkaziladi. Bular – majburiy va mutaxassislik fanlari.

 

Shu hisobda, oʻqishini koʻchiruvchi talabalar 3 ta majburiy fandan test topshiradi:

 

▪️ Ona tili(oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tillari) – jami 10 ta savol;

▪️ Matematika – 10 ta savol;

▪️ Oʻzbekiston tarix – 10 ta savol.

Bu fanlar boʻyicha berilgan har bir savol javobiga 1,1 bal beriladi. Umumiy 33 ball.

 

Ikkinchi koʻrinish bu mutaxassislik fanlari. Ular 2 ta:

▪️ birinchi fan – 30 ta savol (har bir javobga 3,1 ball beriladi. Umumiy 93 ball);

▪️ ikkinchi fan – 30 ta savol (har bir javobga 2,1 ball beriladi. Umumiy 63 ball).

 

Oʻqishini koʻchiruvchi talabalar jami 5 ta fan boʻyicha 90 ta testga javob beradi. Eng yuqori ball – 189 ball.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//