Jamiyat
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi fuqaro A.Z. (ayol) Kiberxavfsizlik markaziga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini aytib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Fargʻona viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi M.M. jabrlanuvchi A.Z.ning betob boʻlgan farzandi Z.T.ning nomidan akkaunt ochib, qizning fotosurati, video tasvirlarini va oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartalarini goʻyoki xayriya yigʻish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan hamda operatsiya uchun xalqdan yordam puli soʻrab, aldash yoʻli orqali fuqarolar oʻtkazgan pullarni oʻzlashtirib kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur bandda ayblanuvchiga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q