Siyosat
“Oʻzbekiston tarixi” jurnalining 2024-yil 1-sonida oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixining muhim jihatlarini ochib beruvchi maqolalar oʻrin olgan.
Jurnalning “Tarixiy shaxslar” ruknida “Munavvarqori Abdurashidxonov shaxsi tarixi” maqolasi eʼlon qilingan boʻlib, unda Turkiston taraqqiyparvarlik harakati yetakchisining shaxsi ilk bor tarix nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Yaʼni, jadid va maʼrifatparvar Munavvarqori Abdurashixonovning umr yoʻli bosqichma-bosqich yoritib berilgan.
Jurnalning “Milliy ozodlik kurashi” ruknida “Oʻrta Osiyoda milliy-ozodlik qurolli harakatlarini bostirishda sovet zoʻravonlik tizimining oʻrni” maqolasi oʻrin olgan boʻlib, unda bosqinchi bolsheviklarning Turkistondagi milliy ozodlik harakatlariga nisbatan 1918–1931-yillari yuritgan zoʻravonlik siyosatining tahlili bilan tanishasiz.
Jurnal sahifalaridan oʻrin olgan “Xalq ogʻzaki ijodining tarixiy manba oʻlaroq qimmatiga oid” maqolasida ogʻzaki ijod namunalarining tarixni oʻrganishdagi ahamiyati koʻrsatib berilgan.
Yosh tadqiqotchilarning minbari – “Ilk qadam” ruknida “Ibn Shihna va uning Amir Temur tarixi boʻyicha asari” maqolasi eʼlon qilingan. Shuningdek, jurnal sahifalarida arxeologiya mavzusidagi yangi tadqiqotlar bilan tanishasiz.
Jurnal yurtimizda faoliyat olib borayotgan olimlar, doktorant va stajyor-tadqiqotchilarni hamkorlikka chorlaydi. Xalqimiz va davlatimiz tarixining dolzarb masalalariga bagʻishlangan, ilgari tadqiq qilinmagan yoki atayin soxtalashtirib koʻrsatilgan tarixiy mavzularga oid maqolalarni kutib qoladi.
“Oʻzbekiston tarixi” jurnali 1998-yildan chiqa boshlagan. Bir yilda 4 son nashr etiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q