Jamiyat
Umumiy qoidaga koʻra dov-daraxtlarni kesish faqat ruxsatnoma bilan amalga oshiriladi. Qimmatbaho daraxtlarni esa mutlaqo kesish mumkin emas. Garchi kesish uchun ruxsatnoma berilgan taqdirda ham.
Baʼzi fuqarolar oʻz uy-joylarining yoki yerlarining atrofiga ekkan daraxt va koʻchatlarini kesishga haqliman deb oʻylaydi. Aslida ham ularning bu tutgan yoʻli toʻgʻrimi?
Mazkur masalani qonuniy jihatdan koʻrib chiqish zarur. Buning uchun “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 45-moddasiga eʼtibor berilishi lozim:
“Yogʻoch olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez oʻsadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi”.
Shu hisobda, fuqaro uy-joyi yoki uning qaramogʻida boʻlgan hujjatli yeri tarkibidagi mevali hamda yogʻochbop daraxtlar va butalarni kesishi mumkin. Buning uchun ruxsat olinmaydi. Shuningdek, yuqoridagi bandga binoan, mazkur daraxtlar tez oʻsadigan turlar boʻlgani uchun ham kesilishi mumkin, ammo bu tartib fuqaroning shaxsiy mulkidan tashqariga chiqqach oʻzgaradi.
Yaʼni, agar fuqaro oʻzining uy-joy hududiga kirmaydigan yerga xuddi shunday turdagi daraxtlarni ekkan boʻlsa va vaqti kelib uni kesmoqchi boʻlsa, buning uchun u tegishli tashkilotlardan ruxsat soʻrashi shart, garchi uni oʻzi ekib, katta qilgan boʻlsa-da.
Aytaylik, ayrim fuqarolar uyining olida daraxt ekib qoʻyadi. Bundan maqsad, hudud obod boʻlib turishi uchun. Bu bir tarafdan uning konstitutsion huquqni bajarganini ham anglatadi. Yaʼni, Konstitutsiyaning 62-moddasida “fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar” deyiladi.
Demak, daraxt ekish, yaʼni oʻz yeridan tashqarida nihol ekish fuqaroning majburiyati hisoblanar ekan. Bundan kelib chiqadiki, fuqaro oʻz hududidan atigi 10 sm tashqarida boʻlgan daraxtni kesishi ham bu qonuniy jihatdan yuklatilgan majburiyatni suiisteʼmol qilish deya baholanadi.
Material uchun amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev maʼlumotidan foydalanildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q