Prezident oʻz tashabbusi bilan yangi takliflar bermayotgan poytaxt hokimligini tanqid qildi

Saqlash
23:20 / 03.06.2024 985 0

Prezident poytaxt hokimligini tanqid qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, poytaxtdagi “Tashkent city”, “Tashkent mall”, “Magic city” kabi turizm maskanlariga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyurmoqda. Eʼtiborlisi, ularning 35 foizidan koʻpi xorijiy turistlar.

 

Biroq shunday boʻlsa-da, “poytaxt hokimligi oʻz tashabbusi bilan yangi takliflar bilan chiqmayapti. Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hokimlikning ana shu kamchiligi tanqid qilindi.

 

 

Shu bois Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi.

 

Bosh vazirga esa turizm boʻyicha har bir hokim oʻrinbosari ishiga baho berish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//