Baxti Tashkentskiyga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni boshlandi

Saqlash
20:40 / 03.06.2024 1067 0

Bugun, 3-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi binosida B. Qudratullayev (Baxti Tashkentskiy) va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlangan. Bu haqida Oliy sud raisining matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.

 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar – B. Qudratullayev, Sh. Kurbanov, B. Zafarov, Sh. Rahimov, A. Xodjayev, D. Sharipov, A. Mirzaxanov, Sh. Sulaymonqulov, A. Norkulov, S. Xatamov, N. Jumaniyazova, R. Shakurov, Sh. Qudratullayev, T. Turmonov, F. Vapayev, M. Nasыrxodjayev, D. Moʻminxoʻjayev, M. Usmonboyev, M. Shodmanov, B. Xudayarov, A. Mashrafxanov, V. Kurbanov, A. Maxamadiyorov, A. Djurayev, B. Bakayev, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev, B. Narmirzayev, F. Kamalov, M. Mirzoyev, N. Bagadirov, A. Щyelyov, M. Kurbanov, O. Islamov va M. Ibadullayev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Maʼlumot uchun, 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

 

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra, mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan.

 

“Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//