Jamiyat
Ayollarni eng koʻp ish bilan taʼminlayotgan TOP-10 korxona nomi aytildi.
Mazkur roʻyxatda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ peshqadam. Ushbu aksiyadorlik jamiyatida ayni vaqtda 12 444 nafar ayol xodim oʻz ish faoliyatini olib bormoqda.
Tabiiyki, tekstil korxonalarida ishchi kuch asosan xotin-qizlar boʻladi. Shu hisobda roʻyxatdagi ikkinchi oʻrinni “UzTex Group” MCHJ 11 511 nafar ayol ishchilar bilan band qilgan.
Shuningdek, eng koʻp ayol xodimlar ishlaydigan tashkilotlar roʻyxatining keyingi qatoridan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (8234 nafar), “Oʻzbekiston pochtasi” AJ (5217 nafar), “Anglesey Food” MCHJ (4640 nafar) va boshqalar joy olgan.
Quyida tashkilotlarning toʻliq tarkibi keltirilgan:
Maʼlumot uchun, ushbu korxonalarning 4 tasi xususiy hisoblanadi (“UzTex Group”, “Anglesey Food”, “Zarafshon Tekstil” va “Urgut Silk Fiber Company”)
Shu oʻrinda taʼkidlash lozim, umumiy hisobda eng koʻp xodim ishlaydigan korxonalar ichida “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ yirik ish bilan taʼminlovchi zona hisoblanadi. Korxona jami ishlovchilarning soni 48 266 nafar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q