Jamiyat
Fargʻona viloyatida daraxtlarni parvarish qilish majburiyatini bajarmagan shaxsga chora koʻrildi.
Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi Oʻzbekiston tuman boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirida “Bogʻieram” MFY hududida joylashgan 1-son kasb-hunar maktabida kuz va bahor mavsumida ekilgan koʻchatlarning holati salbiy ekanligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, maktab hududidagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan archa daraxtlari eʼtiborsizlik va sugʻorish tizimlari qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilganligi sababli qurib qolgan.
Holat yuzasidan daraxtlarni parvarishlash uchun biriktirilgan masʼul shaxsga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, yaʼni 3 mln 400 ming soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q