Captiva bilan odamlarni qasddan bosib ketmoqchi boʻlgan shaxs uzr soʻrab chiqdi

Saqlash
14:12 / 31.05.2024 1754 0

Oldinroq Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi stadionlardan birida haydovchisi qasddan odamlarni bosib ketmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

 

Maʼlum boʻlishicha, mazkur xatti-harakatga futbol oʻyinidagi kelishmovchilik sabab boʻlgan.

 

“Oʻzim ham tushunmay qoldim. Men bunday boʻlib ketadi deb umuman oʻylamagan edim. Kecha keldim, xuftonda. farzandlarni sogʻindik…. Pushaymonman hammasidan. Ukam bor, ukamni uylantirishim kerak. Hammasi meni(ng) boʻynimda. Hammalaringizdan uzr soʻrayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi qoʻlga olingan shaxs.

 

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul rahbarlari boshchiligida vaziyatga oydinlik kiritilgan.

 

“Mazkur holat yuzasidan haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilib, uning sodir etgan xatti-harakatlari boʻyicha Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi hamda unga tegishli transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi” deb maʼlum qildi masʼul tergovchi.

 

Xabarga koʻra, holat natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//