Endi oʻzbek tilining izohli lugʻatini mobil ilova shaklida ham yuklab olish mumkin boʻladi

Saqlash
22:06 / 30.05.2024 1564 0

Oʻzbek tili izohli lugʻatining veb-sayti va uning mobil ilovasi – izohli.uz hamda “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati” va “Oʻzbek tilida defektologiya terminlari lugʻati”ning taqdimoti oʻtkazildi.

 

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan yaratilgan “Izohli.uz” mobil ilovasida Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga kiritilgan 80 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikmalari joy olgan.

 

 

Filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudoyberganova boshchiligida tuzilgan “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”ni yaratishda ham taniqli oʻzbek tilshunoslarining asarlaridan, xorijiy ilmiy adabiyotlar, turli lingvistik terminlarning izohli lugʻatlaridagi maʼlumotlardan foydalanilgan.

 

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur lugʻat soʻngida kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika kabi lingvistik sohalar va yoʻnalishlarning guruhlashtirilgan tarzdagi koʻrsatkichi ilova qilingan.

 

Tadbirning uchinchi taqdimoti “Oʻzbek tilida defektologiya terminlari lugʻati”ga bagʻishlangan boʻlib, u filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Zahro Urunova boshchiligida tuzilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//