Bugun Toshkent boʻylab ikki kunlik piyoda yurish tadbiriga start beriladi

Saqlash
21:41 / 30.05.2024 1466 0

2024-yilning 30–31-may kunlari Oʻzbekistonda birinchi marta shahar boʻylab kunlik piyoda sayr oʻtkaziladi.

 

“Xavfsiz harakat” ijtimoiy loyihasi doirasida loyiha ambassadori triatlonchi Shavkat Musinov piyodalar uchun xavfsiz muhitga eʼtiborni jalb qilish maqsadida Toshkent boʻylab 100 km masofani bosib oʻtadi.

 

Yoʻnalish shaharning barcha hududlarini qamrab oladi. Sportchi masofani “Skandinavcha (Shimoliy) yurish” uslubida bosib oʻtadi.

 

Yuz kilometrlik sayohat natijalariga koʻra, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi bilan birgalikda shahar atrof-muhitini yaxshilash boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqiladi.

 

Maʼlumot uchun, bugun soat 18:00 piyoda yurish tadbirining birinchi kuniga start beriladi. Tadbirda Toshkent aholisi ham ishtirok etishi, yoʻlning har qanday bir boʻlagini sportchi bilan birga bosib oʻtishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//