Ish samaradorligini oshirish uchun xonani jihozlashda qaysi ranglardan foydalanish tavsiya etiladi?

Saqlash
17:51 / 30.05.2024 1547 0

Inson psixologiyasiga ranglar taʼsir qilishini bilasizmi? Aynan marketing sohasida nima uchun ranglarga alohida eʼtibor beriladi? Sababi, ranglar xohishlarni “qitiqlaydi”, istaklarni uygʻotadi.

 

Ishxonadagi rang ham xodimlarning kayfiyati va ish samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin. Agar aksi boʻlsa, yaʼni ranglar notoʻgʻri tanlansa, ish koeffitsiyenti tushib ketadi. Muhit buziladi yoki hammani mudroq bosadi.

 

Ishchilarning samaradorligi va unumdorligini oshirish uchun eng mos ranglar quyidagicha:

 

💧moviy rang – sokin va tinchlantiruvchi ranglardan biri hisoblanadi. U diqqatni jamlashga va samaradorlikni oshirishga yordam beradi;

 

🟢 yashil rang – u tabiat bilan bogʻliq boʻlganligi sabab insonda xotirjamlikni uygʻotadi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Shu tufayli bu jihat ish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi;

 

🟡 Och sariq rang — u kayfiyatini koʻtaradi va energiyani oshiradi, bu esa oʻz navbatida yuqori mahsuldorlikka taʼsir koʻrsatadi;

 

⚪️ och ranglar – oq, kulrang va qaymoq rang ishchilarni chalgʻitmaydi, tinch va sokin muhit yaratadi.

 

Maʼlumot oʻrnida, xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishda ularning shaxsiy qiziqishlari, ofisning oʻziga xos vazifalari va xususiyatlaridan kelib chiqib rang tanlash tavsiya этилади

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//