Foizsiz kredit olib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qoʻlga olindi

Saqlash
22:05 / 29.05.2024 729 0

Fargʻona viloyatida yashovchi (ayol) R.M. IIOga murojaat qilib, oʻzining nomidagi bank kartasidan 6,5 mln soʻm pul mablagʻi nomaʼlum sabablarga koʻra oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan.

 

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan M.E. sodir etganligi aniqlangan.

 

Xabarga koʻra, M.E. jabrlanuvchi R.M. bilan Telegram orqali tanishib, unga oʻzini bank xodimi sifatida tanishtirgan va ayolga foizsiz kredit olib berishini aytib, soxta havola yuborgan.

 

Jabrlanuvchi havola ustiga bosgandan soʻng firibgar uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 6,5 mln soʻm mablagʻini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.E.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Mazkur moddada bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//