Jamiyat
Uch yoshga toʻlmagan bolaga muzqaymoq berish tavsiya etilmaydi.
Sababi, uch yoshgacha boʻlgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali toʻliq shakllanmagan boʻladi.
Mutaxassisning fikricha, halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga bolaning tomogʻi ogʻrib qoladi. Garchi uning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi oʻzlashtirsa-da, muzqaymoq tarkibidagi boshqa qoʻshimchalar unga ogʻirlik qiladi.
“Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yogʻ miqdori minimal boʻlgan, konservant, boʻyoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak”, deydi shifokor.
Bundan tashqari, 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy tomoq ogʻrigʻining oldini olingan boʻladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q