Jamiyat
Avazbek Olimov Mahliyo Ahrorova muallifidagi sheʼrni shoiraning ruxsatisiz kuylab yurgani uchun tovon puli va maʼnaviy zarar toʻlaydigan boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 24-maydagi hal qiluv qarori bilan xonanda Avazbek Olimovdan daʼvogar Mahliyo Ahrorova foydasiga 150 mln soʻm tovon puli va 20 mln soʻm maʼnaviy zarar undirish belgilandi.
Maʼlumot uchun, bundan oldin daʼvogar mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln soʻm maʼnaviy zarar hamda 340 mln soʻm tovon puli talab qilayotgan edi.
Biroq sud hukmiga koʻra, daʼvogarning bu talabi qonoatlantirilmagan. Ammo Avazbek Olimovga “Sevar yorim” qoʻshigʻini boshqa ijro etmaslik majburiyati yuklatilgan.
Ustiga-ustak, xonanda hisobidan shoira foydasiga oldindan toʻlangan 6 mln 680 ming soʻm davlat boji va 34 ming soʻm pochta xarajatini undirish ham belgilangan.
Xabarda aytilishicha, shoira sudga daʼvo arizasi kiritib, xonanda Avazbek Olimov uning “Goʻzal yorim” sheʼrini oʻzgartirib, “Sevar yorim” nomi ostida muallifning ruxsatisiz ijro etib kelganligini, “Goʻzal yorim” sheʼri 2009-yilda yozilganligi va “Soʻzi gavharim” kitobida chop etilganligi, xonanda uni 2015-yildan hozirgi kunga qadar muntazam ravishda nomini oʻzgartirib, turli davralarda ijro etib kelganligini taʼkidlagan.
Ish hujjatlariga koʻra, ayni holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining 2023-yil 4-dekabr kungi qarori bilan Avazbek Olimov maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q