Sovetofob ekanimni tan olaman! – Alisher Qodirov

Saqlash
16:19 / 29.05.2024 897 0

“Milliy tiklanish” fraksiyasi rahbari sovet davlati “tariximizning qora qogʻozlarida qolib ketishi, kelajagimizda boʻlmasligi kerak”ligini taʼkidladi.

 

“Rus millatiga mansub bir vatandoshimiz meni nima uchun rusafobligim haqida soʻrabdi. Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman!

 

Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, toʻgʻri, lekin tariximizning qora qogʻozlarida qolib ketishi, kelajagimizda boʻlmasligi kerak deb hisoblayman”, deydi Alisher Qodirov.

 

Shuningdek Qodirov Rossiya va u bilan boʻlayotgan diplomatik munosabatlarga ham oʻz fikrini bildirib oʻtgan.

 

“Rossiya katta va qudratli qoʻshnimiz. Rossiya bilan yaxshi qoʻshnichilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanishdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda bir xil oʻylamasligimiz ham tabiiy, ular boʻyicha kelishish, oʻrta nuqtalarni topish xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga bogʻliq.

 

Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida…

Oʻzbekiston har qanday holatda ham oʻz manfaatini oʻylab toʻgʻri qilmoqda. Har qanday urush kelishuv bilan yakunlanadi. Aqlli boshqaruv urushgacha bormaydi”.

 

 

Qodirov ayni vaqtda jamiyatda katta muammoga aylanib borayotgan til masalasiga ham eʼtibor qaratgan. U boshqa millatli fuqarolar davlat tilini vatani deb hisoblaydigan Oʻzbekistonda yaxshi yashashi uchun oʻrganishini aytadi.

 

“Rus tilini oʻrganish yoshlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarini oʻrganish qatorida juda foydali ekanligini hech qachon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman.

Taklifim esa oddiy va tushunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til oʻrgatilmasligi kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz ona tilida qadriyatini oʻrgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan Oʻzbekistonda yaxshi yashashi uchun oʻrgansin, tamom.

 

Maktabni oʻrta sinflaridan boshlab istagan xorijiy tilini oʻrgansa, shaxsiy rivojlanishiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda boʻladi”, – deb yozadi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//