Yoʻl boʻyida sotilayotgan muzqaymoqlarni isteʼmol qilmang – Sanepidqoʻmita

Saqlash
17:50 / 28.05.2024 1109 0

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi yoʻl boʻyida sotilayotgan, ishlab chiqarilgan joyi nomaʼlum muzqaymoqlarni isteʼmol qilmaslikka chaqirmoqda.

 

Xabarga koʻra, mazkur turdagi muzqaymoq solingan idishlar mahsulotni sifatli tarzda saqlab bera olmaydi. Bundan tashqari, u qachon, qayerda , qanday sharoitda ishlab chiqarilganligi, uning tarkibi, saqlash muddati va sharoiti toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot yoʻq. Sotuvchi ham oʻzi sotayotgan sifati va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotga ega emas.

 

“Muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiyena jihatdan holati talabga mutlaqo javob bermaydi. mahsulotni koʻcha-koʻyda sotish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikat yoʻq. Sotuvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan taʼminlanmagan. Qolaversa, tibbiy koʻrik daftarlari ham mavjud emas. Talabga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan xodimlar har 6 oyda tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.

 

Isteʼmolchi ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotni isteʼmol qilishi oqibatida zaharlanish ehtimoli yuqori. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ham zamin yaratiladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//