Siyosat
Qozogʻistonning Jezqazgʻan shahrida avtomobilda bir oʻzi qolgan 5 yashar bola, qoʻl tormozini bexosdan tushirib, yoʻlda ketayotgan 5 kishini urib yuborgan.
Avtomobil Grand palace restorani yaqinidagi qiyalikka joylangan boʻlib, qoʻl tormozi tushirilgach, orqasida yurib ketayotgan odamlarni urib ketgan. Bu ishni sodir etgan bola esa mashinadan tushib, ortga yugurib ketgan.
Koʻngilsizlik oqibatida 5 yoʻlovchining barchasi jarohatlangan: erkaklarning qovurgʻasi sinib, ularga ichki aʼzolarning yopiq jarohatlanishi tashxisi qoʻyilgan.
Sodir boʻlgan voqea yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bolaning ota-onasi bolaning mashinada yolgʻiz qolishiga beparvolik qilgani yuzasida koʻrsatma berishi kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
113306
Jamiyat
96024
Jamiyat
93345
Jamiyat
77314
Jamiyat
//
Izoh yo‘q